Oʻzbekistonlik olimlar yaratgan dori vositasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 9-iyun kuni Xitoy – Oʻzbekiston tibbiy texnoparkida ishlab chiqilgan qariyb 20 ming dona “Rutan” dori vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga begʻaraz asosda topshirildi. 

Taqdimot marosimida OʻzRFA Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Shavkat Solihov, Sogʻliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori oʻrinbosari Bahrom Almatov, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Qoriyev, Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev, Xitoy – Oʻzbekiston texnoparki direktori Sharofiddin Mirzaahmedov ishtirok etdi.

photo_2020-06-09_19-33-19.jpg

photo_2020-06-09_19-32-58.jpg

OʻzRFA Bioorganik kimyo instituti olimlari yaratgan grippga qarshi “Rutan” dori vositasi xitoylik olimlar oʻtkazgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusi taʼsirini 78,3 foizga susaytirish xususiyatini namoyon qilgan. Shu bois, “Rutan” GMP talablariga javob beruvchi Xitoy – Oʻzbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 ming oʻram ushbu dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga ham yuborilgan edi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan Oʻzbekiston – Xitoy ilmiy-texnologik parkiga 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan boʻlib, 300 ta ish oʻrni tashkil etilgan. Markazning oʻziga xosligi shundan iboratki, bu yerda Sharq tabobatiga xos anʼanaviy davolash usullari bilan birga, Gʻarb tibbiyotining ilgʻor yutuqlaridan keng foydalaniladi.

photo_2020-06-09_19-32-46.jpg

photo_2020-06-09_19-32-53.jpg

Bugungi kunda texnoparkda dori preparatlarini 8 xil koʻrinishda ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi faoliyat yuritmoqda. Zavod GMP talablari va xalqaro standartlarga toʻla javob beradi.
GMP (Good Manufacturing Practic) – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarish meʼyorlari, qoidalari va koʻrsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim boʻlib, biror preparat yaratilsa, uni roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan joriy etilgan talablarga mos ravishda ishlab chiqarilishini taʼminlaydi.
photo_2020-06-09_19-33-26.jpg

photo_2020-06-09_19-32-37.jpg

 

OʻzA