Andijon viloyatiga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 850 dona tarkibida 9 xil birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari boʻlgan koʻmak qutilari xayriya yordami sifatida taqdim etildi.
Keltirilgan insonparvarlik karvoni Andijon viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi omborxonaga joylashtirildi. Ushbu yordam kutilari yordamga muhtoj oilalarga yetkazib beriladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), OʻzA