Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.
Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentimiz Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida “Avaza” milliy turizm zonasida boʻlib oʻtadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini oʻtkazishda muvaffaqiyat tiladi.

 

O’zA