2022 yilda o‘tishi kutilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbirini amalga oshirishga talaba va domlalar jalb etiladi. Tadbirda ishtirok etgan talaba va domlalarga o‘qish, ish joylaridan stipendiya va maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar ajratiladi.
Tadbir boshlanishidan avval aholini ro‘yxatga olishdan xabardor etish uchun barcha OAVlar jalb etiladi.
Bu haqda davlat statistika qo‘mitasining milliy matbuot markazida o‘tayotgan tadbirida malum qilindi.
Tadbir davom etmoqda.
O‘zA