Dunyodagi eng baland bino Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida namoyon boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyodagi eng baland bino hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor inshootlar Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkandi. Bu haqdagi foto va videolarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida boʻlishdi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi doirasida Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi. Koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari “Zaabil” saroyida boʻlib oʻtgan uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi. Dubay amiri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Oʻzbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

qsfTzsNHrMCnUPa0J5Hty9eJ1yESPjTt.jpg
OʻzA