Kitob muallifi yozuvchi Chve Hi Yong Koreyaning Oʻzbekiston haqidagi “UzKor Economy” jurnali muxbiridir. U 2018 yil davomida Oʻzbekistonga 6 marotaba sayohat qilgan.
Sayohatlari davomida uning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi va muhabbati ortib bordi. Shu sababli Koreya kitobxon ommasiga Oʻzbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozdi.
Kitobning prolog qismida Oʻzbekistonda 2018 yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi kabi turizm sohasida yuz bergan eng soʻnggi yangilik va oʻzgarishlar bilan tanishasiz.
Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz, Fargʻona, Termiz kabi Oʻzbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi eʼtiborga sazovor joylar bilan tanishishga bagʻishlangan.
Kitobning ikkinchi bobida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga boʻlgan rasmiy davlat tashrifidan keyingi ikki mamlakat tadbirkor doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.
“Chve Hi Yong mazkur kitobi orqali Koreyadagi barcha odamlar qardosh mamlakat boʻlib qolgan Oʻzbekistonni yanada yaxshiroq bilishlarini xohlayman. Yanada koʻproq koreyalik turistlar Oʻzbekistonga sayohatga borishlari uchun uning turistik salohiyatini namoyon qilish maqsadida ushbu kitobni yozdim”, deydi muallif.
Kitob 10 ming adadda nashr etilgan boʻlib, 464 betdan iborat.
UzA