“Pulmonologiya” magistrlari davlat grantlari asosida oʻqitiladi

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida “Pulmonologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturada kadrlarni tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 fevralda “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida “Pulmonologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturada kadrlarni tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Keyinchalik boshqa tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida ham tadbiq etiladi.
Shuningdek, qarorda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshirilishi belgilandi.

 

OʻzA