Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentdan Yevroittifoq bilan bitim tuzishga erishishi uchun vaqt soʻradi. Associated Press xabariga koʻra, quyi palata kotibi Jeyms Brokenshir qonun chiqaruvchi organ 27 fevralga qolmay mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishiga oid qaror qabul qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 29 mart kuni Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqadi, bunga qadar oʻzaro bitim boʻyicha kelishuvga erishilishi lozim, lekin ayni paytda bu borada maʼlum ziddiyatlar mavjud.

 

OʻzA