Qayd etilishicha, shu kunlarda diplomatik missiya mamlakatimizda turar joy va noturar joy obyektlarini bunyod etishda zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish boʻyicha Malayziyaning yetakchi qurilish kompaniyasi “Hadid Engineering“ bilan muzokara olib borgan.
Malayziya qurilish sanoati 32 milliard dollarga baholanadi. Mamlakatda mazkur tarmoqning taraqqiy etishida yirik loyihalar boʻyicha davlat-xususiy sherikligi yoʻlga qoʻyilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda “Hadid Engineering“ neft-gaz, neft-kimyo, kimyo va energetika kompaniyalari, shuningdek, zamonaviy turar joylar, tijorat obyektlarini bunyod etishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllashni oʻz ichiga olgan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydi.
Endilikda kompaniya Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishni moʻljallamoqda. Vakolatxona koʻmagida mamlakatimiz qurilish sanoatiga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishni oʻz ichiga olgan investitsiya loyihalar amalga oshiriladi.