“Xalq soʻzi” gazetasi boʻlim muharriri lavozimida ishlab kelayotgan Maqsud Jonixonov Oʻroqovich “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Bosh muharriri lavozimiga tayinlandi.
M.Jonixonov mamlakatimizning yetakchi jurnalistlaridan biri. U faoliyati davomida koʻplab yutuqlarga erishgan. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh jurnalistlarni ragʻbatlantiruvchi maxsus mukofoti sohibi (2003-yil);
“Oltin qalam” xalqaro mukofoti sohibi (Matbuot yoʻnalishida 1-oʻrin, 2009-yil);
Yilning eng faol jurnalisti (2006-yil);
“Shuhrat” medali sohibi (2013-yil);
Xalq taʼlimi aʼlochisi.
OʻzA