Toshkent shahar hokimligi 2018 yil 20 oktyabrga qadar Chingiz Aytmatov koʻchasini obodonlashtirish va Chingiz Aytmatov barelyefini oʻrnatish ishlarini amalga oshiradi.
Bunda barelyef poydevori (postament)ni barpo etish, atrofidagi piyodalar yoʻlaklarini kengaytirib, beton qoplamasi yotqizish, maydonga oʻrindiqlar va tungi yoritish, yashil maydonlarga sunʼiy sugʻorish moslamalari oʻrnatish, raygress yotqizish va gul koʻchatlari ekish ishlari amalga oshiriladi.
OʻzA