Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.
Koʻksaroyda oʻtgan muzokaralar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.
Mamlakatlarimizhukumatlari va vazirliklari oʻrtasida yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumlari, taʼlim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2019-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi va Adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, hukumatlar oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni tartaraf etish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida bitim singari jami 12 hujjat imzolandi.
Matnazar Elmurodov, OʻzA