Mamlakatimiz mustaqilligining 27-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Aziz Qardoshim!
Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizga va Siz orqali qardosh oʻzbek xalqiga Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabrik va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yaqinda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari sammiti doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvimizni katta mamnuniyat bilan eslayman.
Oʻshanda ochiqlik va ishonch muhitida oʻtgan muzokaralardaTurkmaniston – Oʻzbekiston doʻstligi va hamkorligini yanada rivojlantirishga birdek intilishimiz yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.
Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yoʻlida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qatʼiy ishonaman.
Ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab qolaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Qozogʻiston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan Sizni va Oʻzbekiston xalqini Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklayman.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yoʻlida yuksak natijalarga erishdi. Shu munosabat bilan Sizning oqilona va samarali rahnamoligingizda mamlakat izchil taraqqiyotni yanada davom ettirishi va koʻzlagan ezgu maqsadlariga erishishini tilayman.
Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi maʼnaviy qadriyatlar mushtarakligi, koʻp asrlik doʻstlik va mustahkam hamkorlikka asoslangan munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yoʻlida yildan- yilga rivojlanib bormoqda.
Ishonchim komil, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga alohida surʼat bagʻishlayotgan birgalikdagi faoliyatimiz davlatlarimiz ravnaqining kafolati boʻlib xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik va tuganmas gʻayrat-shijoat, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Mamlakatingizning asosiy bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Oʻzbekiston haqli ravishda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan koʻp millatli demokratik huquqiy davlat hisoblanadi, xalqaro maydonda katta obroʻ-eʼtiborga ega. Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalarni hal etishga muhim hissa qoʻshmoqda.
Qardosh mamlakatlarimiz 2017-yilda erishgan siyosiy hamkorlik darajasi barcha sohalardagi oʻzaro aloqalarni faol rivojlantirishga xizmat qilib, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikning yuksak namunasi boʻldi.
Savdo-iqtisodiy sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning alohida eʼtibor talab qiladigan muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani hamda fuqarolarimiz davlatlarimiz gʻamxoʻrligining amaliy natijalarini oʻz hayotida sezayotgani quvonarlidir.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Belarus xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan Sizni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yuksak natijalari, mamlakatingizning Markaziy Osiyo va jahon maydonidanufuzi ortib borayotgani Belarusda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Davlatlarimiz oʻrtasida oʻzaro ishonch ruhidagi konstruktiv munosabatlarni mustahkamlashga mushtarak intilish ikki tomonlama muloqotimizni samarali va manfaatli hamkorlikning yangi yutuqlari bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonchim komil.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, tuganmas gʻayrat-shijoat, oʻylagan barcha orzularingiz va niyatlaringiz roʻyobini, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa, tinchlik va farovonlik tilayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Prezident janoblari!
Oʻz nomimdan va yurtdoshlarim nomidan Sizga va xalqingizga Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklarimni yoʻllashga ijozat bergaysiz.
Oʻtgan ikki yilda Oʻzbekiston katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Ishontirib aytamanki, Germaniya Sizning rahbarligingizda boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayonini, jumladan, Siz amalga oshirayotgan qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha siyosatni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi.
Yaqin oylarga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar turli sohalarni qamrab olgan ikki tomonlama munosabatlarimizni yanadamustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat boʻladi.
Sizga baxt-saodat, Oʻzbekiston xalqiga esa hurriyat, xavfsizlik va farovonlik bilan yoʻgʻrilgan porloq kelajak tilayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Hindiston hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizni, Janobi Oliylari, Oʻzbekiston hukumati va xalqini Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman va eng ezgu tilaklarimni yoʻllayman.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va maʼrifiy aloqalar savdo va investitsiyalar, fan va texnologiyalar, turizm va madaniyat kabi sohalardagi koʻp qirrali hamkorligimizda oʻz aksini topmoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz xalqlarimiz farovonligi yoʻlida ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Janobi Oliylari, Sizning joriy yilda Hindistonga tashrifingizga katta umid bogʻlaganmiz. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashiga ishonamiz.
Sizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa muttasil taraqqiyot va ravnaq tilayman.
Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
***
Shuningdek, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa
Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen
Belgiyaliklar Qiroli Filipp
Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi
Oʻmon Sultoni Qobus bin Said
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuang
Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min
Tailand Qiroli Maxa Vachiralongkorn
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill
Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk