So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi muttasil oshib bormoqda.

Bunga ishlab chiqarish quvvatlarining modernizatsiya qilinishi, yangi stansiyalarni qurish va mavjud infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar sabab bo‘ldi.

2016-2024 yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarining yillik dinamikasi quyidagicha:

2016 yil – 59,0 milliard kVt⋅soat;

2017 yil – 60,7 milliard kVt⋅soat;

2018 yil – 62,8 milliard kVt⋅soat;

2019 yil – 63,6 milliard kVt⋅soat;

2020 yil – 66,4 milliard kVt⋅soat;

2021 yil – 71,3 milliard kVt⋅soat;

2022 yil – 74,3 milliard kVt⋅soat;

2023 yil – 78,0 milliard kVt⋅soat;

2024 yil – 81,5 milliard kVt⋅soat.

Energetika vazirligi axborot xizmatining tahliliga ko‘ra, 2024 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2016 yilga nisbatan 22,5 milliard kilovatt soatga yoki 38 foizga oshgan.

Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizda elektr energiyasi sohasidagi yuqori salohiyatdan dalolat bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‘sishi uchun muhim poydevor yaratmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA