Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2021 yil 12 iyuldagi buyrug‘iga asosan A.A.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun U.B.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan va o‘zining yashash manzilida bo‘lib kelmagan. Shuning natijasida uning aliment pulidan qarzdorligi 2025 yil 1 yanvar holatiga 42 million so‘mdan oshgan.

Joriy yilning 7 yanvar kuni qarzdor o‘z uyida topilib, byuroning tuman bo‘limi binosiga olib kelinib, jarayonga undiruvchi ham jalb qilindi. Shu kunning o‘zida xodimlar undiruvchi va qarzdorga berilgan tushuntirish ishlari natijasida ajrashgan tomonlarning yarashishiga erishildi. Natijada ikki nafar farzand endilikda to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetadigan bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri