Kuvayt axborot agentligi – “KUNA” mamlakat fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shayx Hamud Muborak Hamud Al-Jobir As-Sabah O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlatdagi favqulodda va muxtor elchisi Ayyubxon Yunusov bilan uchrashganini yozib chiqdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki o‘lka aviakompaniyalari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va fuqaro aviatsiyasi sohasida munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, havo yo‘llarida yo‘lovchilar harakatini osonlashtirish borasida strategik qadamga e’tibor qaratdilar.
M.Pirmatova, O‘zA