Xabaringiz bor, Bokuda 9-11 sentyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan Turk dunyosining yagona alifbosi bo‘yicha komissiyaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohada bilim va tajriba almashish, komissiyaning ikki yillik tajribasi asosida turkiy tillar uchun umumiy alifbo loyihasi ustida ishlashni yakunlash muhokama qilindi.
Yig‘ilishda olimlar tomonidan 1991 yilda taklif etilgan lotin alifbosiga asoslangan umumiy turkiy alifbo loyihasi ko‘rib chiqildi. Muhokamalar natijasida 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo bo‘yicha kelishuvga erishildi. Alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud bo‘lgan turli fonemalarni aks ettirishiga alohida e’tibor qaratildi.
“Shaxsiy mulohaza” loyihasining bu galgi sonida biz Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik instituti direktori, filologiya fanlari nomzodi, professor Jumali Shabanov bilan bugungi lotin alifbosidagi kamchiliklar, o‘zbek tilida ish yuritishda halaqit beradigan omillar haqida batafsil suhbatlashdik.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA