Nukus xalqaro aeroportidan “Nukus–Istanbul–Nukus” va “Nukus–Olmaota–Nukus” yӯnalishlari bӯyicha birinchi muntazam aviaqatnovlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 9 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Istanbul–Nukus–Toshkent”, “Samarqand–Nukus–Istanbul” yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, yangi xarid qilinayotgan “L-410” rusumli samolyotlardan bir donasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichki reyslar uchun dislokatsiya qilinishini ta’minlash belgilangan edi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 3 iyun kuni “Nukus–Istanbul–Nukus” aviayo‘nalishi bo‘yicha dastlabki reys Nukus shahridan jo‘nab ketdi. Parvozlar har dushanba kuni amalga oshiriladi.
Shuningdek “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan “Nukus-Olmaota –Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki reys amalga oshirildi. Parvozlar chorshanba va shanba kunlari belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
– Yangi yӯnalishlar bӯyicha parvozlarning yӯlga qo‘yilishi aholi uchun ancha qulaylik yaratadi, – deydi yӯlovchilardan biri Orazbay Ibragimov. – Chunki avvallari Olmaotaga avtobusda ikki kunda qiynalib borar edik. Endi samolyotda ikki soatda yetib borish imkoniyati yaratildi. Orolbӯyi aholisiga e’tibori va g‘amxӯrligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA muxbirlari