Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida 3-o‘rin uchun O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur bahsning, asosiy vaqtlarida 5:5 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, final o‘yini Tailand va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA