Musobaqaning guruh bosqichi so‘nggi o‘yinlari O‘zbekiston – Vetnam, Malayziya – Quvayt o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. «D» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Vetnam terma jamoalari bahsi 3:0 hisobida yakunlandi.
Ushbu natija orqali O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh g‘olibi bo‘ldi. Vetnam esa ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga chiqdi.
Malayziya – Quvayt termalari o‘rtasida o‘yinda 1:2 hisobi qayd etildi va ular shu tariqa musobaqa bilan xayrlashdi.
Endi 1/4 final bosqichida Qatar – Yaponiya, Janubiy Koreya – Indoneziya termalari 25-aprel kuni bahslashsa, 26-aprel kuni Iroq – Vetnam, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni juftliklari yarim final uchun kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA