Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Xorazm viloyatida ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Xorazmda avtomobilsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi va baliqchilikda malakali kadrlarga talab o‘sib borayapti.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabida “Pirson” dasturini joriy qilib, o‘quvchilarga “mehmonxona ishi” va “turizm” yo‘nalishida xalqaro malaka berishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, Urganch universitetida ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, yangi o‘quv dasturlari joriy qilinadi.

O‘zA