Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kelgusi ikki yilda Xorazm viloyatida tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerakligi qayd etildi.
Yaroqsiz yo‘llarning yarmini shu yilning o‘zida ta’mirdan chiqarish, “Urganch – Shovot” yo‘lining 20 kilometrini saqlashga xususiy sektorni jalb qilish topshirildi.
Viloyatdagi 233 kilometr yo‘llar “hajm” usulida ta’mirlanishi, Tuproqqal’a, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri sement beton qoplamaga o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zA