Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi.

Musobaqaning so‘nggi kuni jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahri jamoasi birinchi, Samarqand viloyati ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Sirdaryo viloyati jamoalari uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Shaxsiy bellashuvlarda  4  ta oltin, 1 ta kumush hamda 9 ta bronza medaliga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi polvonlari birinchi o‘rinni egalladi. Mezbonlardan Shuhrat Qilishbayev, Ergash Aytbayev, Azada Medetbayeva, Shaxsanem Amaniyazova, Sabrina Uzoqboyeva, Larisa Turejanova, Manzura Seytmuratova, Tumaris Habipova, Kamila Turimbetovalar uchinchi, Baxram Saytov ikkinchi, Zaxiratdin Zaytov, Gulzabira Tileuimbetova,  Umida Jumaniyazova hamda  Asal Jalg‘asbayevalar birinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Kurash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk marotaba o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud  Abibullayev, Maqsad  Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari