Oilaviy bolalar va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar, Vatanimiz tinchligi, sarhadlar osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari farzandlariga atalgan Prezident sovg‘alari Orolbo‘yiga yetib keldi.
Sovg‘alar shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga yetkazib berilmoqda. 3-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayram tabrigi, 17 turdagi shirinlik, kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
Sovg‘alar Nukus shahri va tumanlarda bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali topshiriladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.