Eron Islom Respublikasi armiyasining harbiy-dengiz kuchlari “Talaye” va “Nasir” qanotli raketalariga hamda ilk bor razvedka va radioelektron tizimlari bilan ta’minlangan vertolyot majmuasiga ega bo‘ldi, deb bayonot berdi mamlakat kontr-admirali Shaxram Eroniy.

ISNA agentligi xabar berishicha, “Eroniy razvedka, nishonni yo‘q qilish  va boshqa turli yo‘nalishlarga mo‘ljallangan uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketa va uchuvchisiz o‘zi uchar tizimlar yaratish sohalarida strategik harbiy-dengiz flotining so‘nggi yutuqlari taqdimotiga guvoh bo‘lamiz”, degan.

Ekspertlarning fikricha, Eron ushbu qurollarni Isroilni tiyib turish uchun foydalanadi.

Xabarda keltirilishicha, “Talaye” raketa majmuasi ming kilometrdan ziyod  masofani bosib o‘tadi va parvoz paytida yangi nishonlarni aniqlay oladi. “Nasir”  dengiz qanotli raketasi “aqlli” hisoblanib, parvoz uzoqligi 100 kilometrni tashkil etadi. U nishonni yo‘q qilish amaliyotida katta imkoniyatga ega.

“Shuningdek, qo‘shinlar ilk bor razvedka va radioelektron tizimlari bilan ta’minlangan vertolyot majmuasiga ham ega bo‘ldi”, deyiladi xabarda.