Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining – “Yosh yetakchi” loyihasi doirasida 2023-2024 o‘quv yili uchun Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi xodimlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident va nomdor davlat stipendiyalarining ta’sis etilishi, har bir o‘quv yilida munosib yoshlarning taqdirlanishi buning yaqqol isbotidir.
Loyiha doirasida tashkil etilgan uchrashuvda faol yoshlar bilan muloqot qilindi. Ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Uchrashuv yakunida 2023-2024 o‘quv yili uchun Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari partiya safiga qabul qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri