Poytaxtimizdagi Toshkent markaziy eko bog‘ida “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi!” shiori ostida sport sayli bo‘lib o‘tdi.
Saylda sport faxriylari, Jahon va Osiyo chempionlari, Olimpiada o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda 1 ming 700 nafarga yaqin o‘quvchi, mahallalarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar qatnashdi. Sayl davomida Toshkent shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etdi.
Muhammad Amin (surat), O‘zA