Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish va zamonaviy beshkurashning qilichbozlik yo‘nalishidagi bahslarda sportchilarimiz faol ishtirok etmoqda.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tgan saralash bahslarida ikki nafar vakilimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga chiqdi.
Akademik eshkak eshishning yengil vaznli ayollar juftligida Luizaxon Islomova, Malika Tagmatova tandemi masofani 7 daqiqa, 1,80 soniyada bosib o‘tdi va 2 – o‘tish bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev juftligi marraga 6 daqiqa, 20 soniyada birinchi bo‘lib yetib keldi va “A”finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar juftligida Shahboz Xolmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov – 6 daqiqa, 16,35 soniya natija bilan “A” final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA