Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Qozog‘iston hukumatiga atom elektrostansiyasi qurish rejasi munosabati bilan maslahatlashuv ko‘magi bermoqda, deb bayonot berdi agentlik Bosh direktori Rafael Grossi.
Respublika Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning Venada joylashgan xalqaro tashkilotlardagi vakili Muxtar Tleuberdi Agentlik rahbariga ishonch yorliqlarini topshirgan. Uchrashuvda mazkur masala muhokama qilingan.
“Joriy yil aprel oyida mening Qozog‘istonga tashrifim davomida yadro energetikasi, onkologiya kasalliklarini davolash, yadro texnologiyalari taraqqiyoti va mahalliy kadrlar tayyorlash singari ikki tomonlama loyihalarda hamjihatlikni faollashtirish muhokama qilingan edi”, deb bayonot berdi Grossi.
U, shuningdek, mamlakatda birinchi AES qurilishi bo‘yicha Qozog‘iston hukumatiga zaruriy maslahatlashuv ko‘magi berilayotganini ma’lum qilgan.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 1 sentyabrdagi xalqqa murojaatida AES qurilishi masalasini umummilliy referendumga olib chiqish to‘g‘risida gapirgan.
Uning qayd etishicha, mazkur masala bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish va har tomonlama keng muhokama qilishni davom ettirish lozim.