Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an sentyabr oyida juda tig‘iz diplomatik faoliyat olib boradi. Xususan, Sochida rossiyalik hamkasbi bilan uchrashadi, Dehlida G-20 sammiti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi ishida qatnashadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

4 sentyabr kuni Erdog‘an RF Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, don shartnomasini muhokama qiladi. Shuningdek, ikki yetakchi global oziq-ovqat muammosining oldini olish hamda mintaqaviy masalalar, Rossiya – Ukraina ziddiyati bo‘yicha ham fikr almashadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ikki tomonlama munosabatga oid energetika, savdo, iqtisodiyot va turizm sohalari ko‘rib chiqiladi.

Xabarda Turkiya rahbari 9-10 sentyabr kunlari Dehlida “katta yettilik” sammitida ishtirok etib, xalqaro savdo, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik va iqlim o‘zgarishi masalasi bo‘yicha nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Erdog‘an 17-21 sentyabr kunlari BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasida qatnashadi, anjuman doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.