Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 8 sentyabr kuni Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda turkiyalik manbalarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hamkasblar don shartnomasini muhokama qiladi. Moskva safaridan so‘ng Erdog‘an G20 sammitida qatnashish uchun Dehliga uchib ketadi.

Turkiya Prezidenti devoni ushbu ma’lumotni sharhlamadi. Avvalroq diplomatik manbalar Putin va Erdog‘an uchrashuvi Sochida 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishini aytgan edi.