1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan bitiruvchi kursdagi yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalariga joriy yilning 1 sentyabridan o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokatning yordamchisi sifatida ishlashga ruxsat beriladi.

Bundan kutilayotgan maqsad – advokatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish va ularning bilim va ko‘nikmalarini boyitishdir.

Ushbu o‘zgarishlar advokatura sohadida olib borilayotgan islohotlar doirasida amalga oshirilib yoshlar o‘rtasida ushbu sharafli kasb egalari bo‘lishga turtki beradi.

Hozirda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilib tegishli tartibda parlamentga kiritilgan.

 

O‘zA