O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami oldidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” Marhamat tumanida davom etdi.
Tumandagi “Kelajak nuri” kutubxonasida taniqli olimlar, adabiyot va san’at namoyandalari, ma’rifat targ‘ibotchilari, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan “Ma’naviyat soati” tadbiri “Yangi O‘zbekiston” deb nomlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston davlati” kitobi hamda “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda ushbu kitoblarning mazmun-mohiyati, xalqimiz ma’naviy hayotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi.
“Ma’naviyat soati” tadbirida so‘z olganlar tomonidan ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan yutuqlar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning ahamiyati va samaralari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona va xush kayfiyat ulashdi.
F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA