FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologik qo‘mita raisi o‘rinbosari Botir Matmuratov, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomida Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari, jamiyatdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar nafasi aks ettirilgani xususida so‘z yuritildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA