Davlatimiz rahbarining tegishli qarorida O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, Milliy teleradiokompaniya hamkorligida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovini yuqori darajada o‘tkazish belgilangan.

Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarini yorqin va ta’sirchan tarzda tasviriy vositalarda aks ettirish, “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oyani mazkur ko‘rgazma orqali targ‘ib etishdan iboratdir.

“Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining tasviriy san’at, foto va dizayn ishlari yo‘nalishi bo‘yicha jami 56 nafar muallif 602 dan ortiq ijodiy ishi bilan ishtirok etdi.

“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi nizom talablariga muvofiqligi e’tiborga olinib, hay’at tomonidan baholanadi. Eng yaxshi deb topilgan tasviriy asardar bo‘yicha tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Nazokat Usmonova,  

Nosirjon Haydarov (surat) ,  

O‘zA