Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa BRIKS guruhi yangi davrga kirdi, deb bayonot berdi tashkilotning XV sammiti yakuniga bag‘ishlangan brifingda.
2024 yil 1 yanvardan olti davlat – Argentina, Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya tuzilmaga qabul qilinishi qarorini u “BRIKS tarixida yangi sahifa ochildi”, deya izohladi:
– BRIKS turli davlatlar guruhi, turfa pozitsiyaga, shu bilan birga adolatli dunyo yuzasidan umumiy qarashga ega davlatlarning teng huquqli hamkorligi maydoni. Besh davlatni anchadan beri muhokama qilib kelinayotgan tashkilotni kengaytirish jarayoni yo‘riqnomasi, standarti, mezoni va tartibi asosida qabul qilishga erishdik. Bu jarayonning birinchi bosqichi bo‘yicha konsensusga egamiz, keyingi bosqichlar davom etadi.
Ramafosa ta’kidladiki, BRIKS boshqa mamlakatlarning tuzilma bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdorligini qadrlaydi.
“Tashqi ishlar vazirliklariga sherik davlatlar modeli va potensial hamkorlar salohiyati bo‘yicha hisobot taqdim etish vazifasini topshirdik”, deya qo‘shimcha qildi JAR rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKS mamlakatlari xalqaro savdoda o‘z valyutalaridan foydalanishga qiziqish bildirmoqda.
– Biz mahalliy valyutalar, muqobil moliyaviy mexanizm va to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘yicha global tezlik mavjudligini ta’kidladik, – dedi Ramafosa. – BRIKS doirasida global moliya tuzilmasida davlatlar barqarorligi, ishonchliligi va adolat mezonini oshirish imkoniyatini o‘rganishga tayyormiz. Sammitda Moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlariga mahalliy valyuta va platformalarni ko‘rib chiqish, shu asosda keyingi anjumanga hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berishga kelishib olindi.
O‘zA