Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH senatorlari bilan frontdagi vaziyatni hamda Ukraina mudofaa qobiliyatini kuchaytirish masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.
“AQSH senatorlari Richard Blyumental, Lindsi Grem va Elizabet Uorren bilan muhim uchrashuv o‘tkazdim. Frontdagi vaziyat haqida gaplashdik va Ukraina mudofaa qobiliyati tizimlarini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq ustivor masalalarni muhokama qildik”, – deb yozgan Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xabarda keltirilishicha, Ukraina yetakchisi amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida atroflicha to‘xtalmagan.