Xitoy BRIKS tashkilotiga yangi a’zolar qabul qilish jarayonini tezlashtirish tarafdori. Bu haqda XXR Raisi Si Szinpin sammit yalpi majlisida aytib o‘tdi.

– Rivojlanayotgan mamlakatlarning BRIKS bilan hamkorlikka nisbatan jiddiy ishtiyoqini ko‘rganimdan xursandman, – dedi Xitoy rahbari. – Ko‘plab davlatlar mazkur hamkorlik mexanizmiga qo‘shilish uchun ariza berishdi. Demak, tuzilmani kengaytirish jarayoni tezlashtirilishi lozim. Shunda ko‘proq mamlakatlar safimizga qo‘shilishi va bundan foyda ko‘rishi mumkin. Global boshqaruvni yanada adolatli, oqilona yo‘nalishda rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKS amalga oshirayotgan ishlar xalqaro miqyosdagi ahloqqa to‘g‘ri keladi va xalqlarga foyda keltiradi. Tashkilot, shubhasiz, uzoqqa boradi va butun dunyoda tinchlikka, taraqqiyotga ulkan hissa qo‘shadi.

Janubiy Afrikada o‘tayotgan BRIKS sammiti bugun yakunlanadi.

O‘zA