FIFA -2018 Jahon kubogi Rossiya davlatiga keltirildi

Tokio shahridan tantanali ravishda kuzatilgan FIFA -2018 Jahon kubogi seshanba kuni maxsus reys bilan Rossiyaning Vladivostok shahriga olib kelindi.
interfax.ru xabarlariga ko‘ra, aeroportdagi tantanali uchrashuvdan so‘ng futbol bo‘yicha jahon kubogini kutib olish marosimi o‘tkazilishi mo‘ljallangan Vladivostokning markaziy maydoniga keltiriladi.
Marosimdan so‘ng nogiron sportchilar uchun yunifayd-match o‘tkaziladi.
Tantanali tadbirga futbol bo‘yicha jahon chempioni Jilbertu Silva hamda supermodel Natalya Vodyanova tashrif buyurishadi.
Jahon kubogi Rossiyaning 8 shahrida “mehmon” bo‘lishi kutilmoqda.
2018 yilning futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiya mezbonlik qiladi.

 

Umida Kurbanova