“Anadolu” xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Rossiya bilan chegarada 20 ta yangi chegara posti quradi.
Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati chegaralarni qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Serik Axmetkaliyev ma’lum qilgan.
“Shimoliy yo‘nalishda, Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegarada 20 ta idora barpo etilmoqda”, dedi Axmetkaliyev Markaziy kommunikatsiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda. Uning so‘zlaridan oshkor bo‘lishicha, “Xavfsiz mamlakat” milliy loyihasi doirasida chegara postlari tiklanyapti.
Shu bilan birga, u janubiy chegaralarda uchta modulli post qurilishi davom etayotganini ham qayd etdi. Rejada hammasi bo‘lib 50 ta qurilish ko‘zda tutilgan.
O‘zA