AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Niger Prezidenti Muhammad Bazum bilan telefon orqali suhbatlashdi va isyonchilarni prezident va uning oilasini ozod qilishga chaqirdi.
Mali va Burkina-Faso BMT Xavfsizlik kengashini Nigerda harbiy to‘ntarish bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishga mas’ul, deb hisoblaydi. Shu bois xalqaro tashkilotni mintaqada harbiy harakatlarning oldini olishga chaqiradi, deb xabar tarqatdi Mali tashqi ishlar vaziri Abdulay Diop ikki mamlakat TIV rahbarlari BMT Xavfsizlik kengashiga yo‘llagan qo‘shma maktubiga tayanib.
Mali va Burkina-Faso vaziyatga muzokaralar yordamida yechim topishga intilayotgani, Nigerga harbiy aralashuvlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan.
***
G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS), BMT va Afrika Ittifoqi delegatsiyasining Nigerga seshanba kuni rejalashtirilgan tashrifi amalga oshmadi.
“Missiya Nigerning harbiy hukumatidan muzokaralarga hali tayyor emasligi haqida xabar olgach, to‘xtatildi”, – deyiladi hamjamiyat saytida e’lon qilingan xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, EKOVAS Nigerda konstitutsiyaviy tartibni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan barcha chorani ko‘radi”.
***
Harbiy to‘ntarish natijasida lavozimidan chetlatilgan Niger bosh vaziri Uxumudu Muhammadu mamlakat Prezidenti Muhammad Bazum o‘z vakolatini hali topshirmaganini, davlat tuzilmalarini qayta tiklash imkoni hali mavjudligini ma’lum qildi.
“Prezident iste’fo bermadi. Xunta Nigerda davlat tuzilmalarini va konstitutsiyaviy tartibni mustahkam ushlab turgani yo‘q. Davlat tuzilmalarini qayta tiklasa bo‘ladi”, – degan u New York Times gazetasiga.
***
CNN telekanali xabar qilishicha, AQSH davlat departamenti rahbarining o‘rinbosari Viktoriya Nulandning Nigerga uyushtirgan safari natija bermagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif natijasida vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilish ehtimoli biroz pasaygan, chunki bu mintaqada istiqomat qilayotgan aholi manfaatiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birga, Nuland prezident gvardiyasi qo‘mondoni general Abduraxmon Tchiani bilan uchrasha olmagan. U, shuningdek, lavozimidan chetlatilgan Prezident Muhammad Bazum bilan ham ko‘risha olmagan”, – deyiladi xabarda.
***
Niger aholisi 25 million kishiga yaqin, hududi nufuzi 200 milliondan ortiq bo‘lgan qo‘shnisi Nigeriya hududidan ham katta. Eng so‘nggi xabarlarda Niger qurolli kuchlari soni 30 ming kishidan iboratligi aytiladi. 2025 yilgacha armiya sonini 50 ming, 2030 yilda esa 100 ming kishiga yetkazish rejalashtirilgan.
Harbiy xizmatga 17 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yigitlar chaqiriladi, xizmat muddati ikki yildan iborat. Mudofaa xarajatlariga byudjet mablag‘larining 2,4 foizi ajratiladi.
S.Rahimov, O‘zA