Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an NATO sammiti oldidan Anqara va YeI o‘rtasidagi munosabatga “yangi sur’at bag‘ishlash” imkoniyatini muhokama qildi.

Mishel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Erdog‘an bilan samarali uchrashuv o‘tkazganini yozdi.

“Yanada mazmunli, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, munosabatni yangi bosqichga olib chiqish yo‘llarini ko‘rib chiqdik”, deya ma’lum qildi YeI mulozimi.

Tuzilma matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur uchrashuv oldidan Turkiya Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha qo‘ygan vetosini bekor qilish va Stokgolmning Anqarani YeIga integratsiyalash jarayonida faol harakat qilishi yuzasidan kelishib olingan.

 

O‘zA