AQSH Prezident Jo Bayden Germaniya Kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali NATOning Vilnyusda kutilayotgan sammiti va Shimoliy Atlantika ittifoqini mustahkamlash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lumot berdi.

“Prezident Bayden va Kansler Shols NATOning Vilnyus sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi. Ular yig‘ilishda “yetakchilar ko‘rib chiqadigan bir qancha masalalar, jumladan, ittifoqni yanada mustahkamlash chora-tadbirlariga to‘xtalib o‘tdilar”, deyiladi bayonotda. Xabarda aytilishicha, Shols Bayden va Qo‘shma Shtatlar xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklagan.

Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt jurnalistlarga Bayden va Shols “Ukrainani zarur bo‘lgan vaqtgacha qo‘llab-quvvatlash, bu ishni yaqindan muvofiqlashtirish bo‘yicha yakdil fikrda” ekanligini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchi Vilnyus yig‘ilishi “ittifoq hamjihatligi haqida jiddiy signal berishi kerak”, degan g‘oyani ilgari surishgan.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Jo Bayden 11-12 iyul kunlari NATOning 74-sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan edi.

 

O‘zA