Ko‘plab abituriyentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA