Shu yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
Shu kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar esa muddatidan oldin ovoz berishi mumkin. Ayni yoz kunlarida ko‘pchilik ta’tilda bo‘lishi, dam olishga uzoqroq joyga yoki xorijga ketishi mumkin. Shu bois ham o‘z hududida bo‘lmaydigan yurtdoshlarimizning prezidentlik saylovida o‘z saylov huquqlaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida muddatidan oldin ovoz berish tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, saylovda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni joriy yilning 28 iyun – 5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Muhtarama Komilova, O‘zA