Nukus shahrida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shaharlardan jami 15 ta jamoa ishtirok etib, belgilangan shartlar bo‘yicha bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qizlarimiz ongu shuurida milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish hamda tashabbuskor, shijoatli qizlarni kashf etib, ularni yangi marralar sari rag‘batlantirish maqsadlari ko‘zlangan tanlov natijalariga ko‘ra, Nukus shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘ringa munosib topildi. Chimboy va Kegeyli tumanlari qizlari keyingi o‘rinlarni egalladi.
Tadbirda ishtirokchilarga tashkilotchilar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA