“Microsoft” prezidenti Bred Smit sun’iy intellekt texnologiyalari paydo bo‘lishini XV asrdagi bosmaxona ixtirosi bilan taqqoslash mumkinligini aytdi.
Uning aytishicha, sun’iy intellekt inson faoliyatining har qanday turini yaxshilaydigan fundamental kashfiyot. Shunga karamay, Smit bu jarayonga vaqtida “tormoz mexanizmi o‘rnatish”ga chaqirdi. Zero, texnologiyalarning zarari ham yetarli.
“Microsoft” rahbari, agar to‘g‘ri foydalanilsa, sun’iy intellekt insoniyat qo‘lida ajoyib vositaga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
“Bu bizga tadqiqot o‘tkazish, ko‘proq ma’lumot olish, muloqot qilish va axborotni saralashga yordam beradigan fundamental kashfiyot”, dedi u.
Nigina Safarmatova, O‘zA