Iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov “ChessKid“ onlayn turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xalqaro turnirning saralash bahslarida omadli qatnashgan Nodirbek kecha turnir yarim finalida amerikalik Fabiano Karuanani 2,5 : 1,5 hisoblarida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Abdusattorov turnir finalida niderlandiyalik Jorden van Forest bilan kurash olib boradi, deyiladi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabarida.
T. Ro‘ziyev, O‘zA