O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi

Kurash xalqaro assotsiatsiyasidan ma’lum qilinishicha, 19-23 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan VII xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

1992 yildan buyon har 4 yilda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqada kurashchilar 1996 yildan O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga tushmoqda.

Bu yil 7 marotaba tashkil etilayotgan bellashuvlarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati polvonlari erkaklar o‘rtasida 73, 81, 90 va mutlaq, ayollar o‘rtasida esa 57 va 78 kilogramm vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

photo5382275783977969983.jpg

Xalqaro turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Mutlaq vazn toifasida musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan kurashchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 ming AQSh dollari bilan mukofotlanadi.

Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasida turli yillarda quyidagi polvonlar g‘olib chiqqan:

1992 yil – Abduqodir Pirmatov; (O‘zbekiston)

1996 va 2000 yillar – Bahrom Avazov; (O‘zbekiston)

2004 va 2008 yillar – Abdulla Tangriyev; (O‘zbekiston)

2012 yil – Samijon Ubaydullayev. (O‘zbekiston)

O‘zbek kurashi Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari tarkibiga rasman kiritildi. Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir “Osiyo Olimpiadasi” oldidan qit’amiz kurashchilari uchun muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘taydi.

photo5382275783977969984.jpg
photo5382275783977969985.jpg

 

O‘zA