Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov o‘zbek boksi afsonasi, birinchi jahon chempioni Rufat Risqiyev xonadonida bo‘lib, “O‘zbek yo‘lbarsi”ga ehtirom ko‘rsatdi.
Uchrashuv mobaynida bokschi bilan dildan suhbatlashildi va Rufat Risqiyevning jahon boksi rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, Xalqaro boks assotsiatsiyasi tomonidan 10.000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli berildi. Muloqot davomida Rufat Risqiyev har oy IBA tomonidan 1000 AQSH dollari miqdorida rag‘batlantirilib borilishi belgilandi.
Suhbat chog‘ida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Rufat Risqiyevga ramziy chempionlik kamarini taqdim etdi.
T. RO‘ZIEV,
O‘zA